UNESCOning 43-sessiyasi ishtirokchilarining xavfsizligi va himoyasi
Samarkandda bo‘lib o‘tadigan UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasi davomida barcha ishtirokchilarning xavfsizligini ta’minlash – tadbir tashkilotchilari va O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ustuvor vazifalaridan biridir. Mahalliy huquqni muhofaza qilish organlari bilan yaqindan hamkorlikda keng qamrovli xavfsizlik rejasi ishlab chiqilgan.
O‘zbekiston Milliy politsiyasi barcha rasmiy tadbirlar o‘tkaziladigan joylar, mehmonxonalar va muhim transport yo‘nalishlarida 24 soatlik xavfsizlikni ta’minlaydi. Politsiya xodimlari ishtirokchilarga yordam berish, transport harakatini tartibga solish va har qanday hodisa yoki favqulodda vaziyatga tezkor javob berish uchun xizmatda bo‘ladi.
Barcha akkreditatsiyadan o‘tgan ishtirokchilarga rasmiy belgilangan badge (bej)larini doimiy ravishda taqib yurish va tadbir xodimlari hamda politsiya xodimlari tomonidan berilgan xavfsizlik ko‘rsatmalariga amal qilish tavsiya etiladi.
Favqulodda vaziyatlarda yoki yordam zarur bo‘lsa:
Politsiyaning umumiy tezkor raqami: 102 (O‘zbekistonda sutkalik faoliyatda)
Sayyohlar xavfsizligi bo‘yicha maxsus ishonch telefoni: 1173
Elektron pochta: info@iiv.uz